NukusDPIda vazirlik ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘i asosida, joriy yilning 3-8-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar, sport-sog‘lomlashtirish ishlarining samaradorligini har tomonlama o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shu asosda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida vazirlikning ishchi guruhi a’zolari tomonidan joylarga chiqib o‘rganish, talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishlarning asosiy maqsadi – yoshlarning ta’lim olishi, ma’naviy kamoloti va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashda institutda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
NukusDPI matbuot xizmati.
