Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tanlov tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan pedagog va mutaxassis xodimlar, talaba-yoshlar o‘rtasida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Institut talaba-yoshlari o‘rtasida “Kasaba uyushmasi – mening hayotimda” mavzusida asarlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov g‘oliblari sana munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram kechasida taqdirlanadi.

Institutda bayramga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.