11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

2020-yil 11-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining VIII qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qurultoy ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida 11-noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilash taklif etilgan edi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan barcha kasaba uyushmalari sohasi xodimlarini bugungi kasb bayrami hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, bugungi kunda institutning kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari soni 15 ming nafardan ziyodni tashkil etadi.
Institut xodimlari uchun yetarli mehnat sharoitlari yaratib berilishini nazorat qilish kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bunda ishchilarga mehnat qilish, o‘qitish, talabalarga ta’lim olish sharoitini yaratishda O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni va huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablarini bajarish yo‘nalishida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.