NukusDPI axborot-resurs markazi vakillari “INFOLIB O‘zbekiston – 2025” haftaligida faol ishtirok etdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘zbekiston – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi tashkil etildi.
Haftalik doirasida noyob nashrlarni saqlash, kataloglashtirish va raqamli texnologiyalar yordamida kitobxonlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish amaliyoti, axborot-kutubxona xizmati samaradorligini oshirish, jahon nashriyotlarining elektron resurslaridan foydalanish, sohaga sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish kabi masalalar bo‘yicha seminar-treninglar, davra suhbatlari va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Haftalikda o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi direktori Gulayim Jiyemuratova hamda yetakchi mutaxassis Gulnaz Turimbetova sertifikatlar bilan taqdirlandi.
