Diqqat, tanlov! NukusDPI talabalari va magistrantlari o‘rtasida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan talabalar va magistrantlar o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov ikki bosqichda – institut va respublika bosqichida o‘tkaziladi.
Tanlovning institut bosqichi uchun ilmiy maqolalar joriy yilning 21-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Ular orasidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan ilmiy ishlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tuzilgan Ekspertlar guruhiga taqdim etiladi.
Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning dekabr oyida vazirlikda tuzilgan Ekspertlar guruhi tomonidan o‘tkazilib, tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlarni ekspertizadan o‘tkazish va materiallarni to‘plam shaklida nashr etish uchun saralanadi.
Tanlovga materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Ilmiy maqolalar belgilangan mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limidan olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998913878744
+998906533178