Pokistonlik o‘qituvchi ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga xorijlik tajribali professor-o‘qituvchilarni taklif etgan holda ta’lim sifatini oshirish, jahon miqyosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish masalasida samarali amaliy ishlar olib borilmoqda.

Institutning Filologiya fakulteti dekani Gulbahar Begmuratova tashabbusi bilan Nukus shahridagi Prezident maktabining kompyuter ta’limi fani o‘qituvchisi, pokistonlik Abro Abdul Ahad tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Mahorat darslari davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va tadqiqotchilar axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt mavzulari bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirdilar.

NukusDPI matbuot xizmati.