Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-noyabr kuni mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yildagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlar, jumladan, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli vazifalar berilgan edi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, bugun, 20-noyabr kuni Qo‘ng‘irot tumanida Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oral Ataniyazova va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapov rahbarligida majlis o‘tkazildi.
Majlisda yoshlar bandligini ta’minlash, ayniqsa, talaba-yoshlarni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, ishga joylashtirish, shuningdek, kelgusida ham bitiruvchilarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha masalalar qayd etildi.
Tadbir doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov rahbarligidagi institut mas’ul vakillari tumandagi bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchilarning ishga joylashish holatlari, ularning mehnat sharoitlari bilan tanishdi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari va tegishli mutasaddilari bilan suhbatlashib, kelgusida hamkorlikdagi ishlar belgilab olindi.
