Diqqat, e’lon! NukusDPIda akademik mobillik dasturi asosida o‘qishga yuborish uchun talabalardan hujjatlar qabul qilinadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yilining ikkinchi semestri uchun akademik mobillik dasturi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining Abay nomidagi Qozoq davlat pedagogika universitetiga institutning 2-kurs talabalarini bir semestrlik o‘qishga yuborish bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Hujjatlar joriy yilning 30-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘quv jarayoni qozoq va rus tillarida olib boriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni institutning xalqaro hamkorlik bo‘limidan olishingiz mumkin.
Telefonlar: +998913013211 +998933691232