OITSga qarshi kurash kuni doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Respublika OITSga qarshi kurash markazi shifokori A.Janibekova, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Nukus shahar bo‘limi shifokori T.Ganiyeva va Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy markazi shifokori P.Seytekov, fakultet dekanati vakillari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar OIV/OITS infeksiyasining oldini olish, uning yuqish yo‘llari, erta tashxislashning ahamiyati, zarur profilaktik chora-tadbirlarga oid batafsil ma’lumotlar berdi.
Tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot tarzida suhbatlar o‘tkazilib, ularning savollariga javoblar berildi. Shuningdek, talabalar uchun targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Uchrashuv yakunida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tib turish va shaxsiy mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
