Ellikqal’a fakultetida qoraqalpoq tili bayrami kuni belgilandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida 1-dekabr – Qoraqalpoq tili bayrami kuni va qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechada fakultet dekani Ergash Asamaddinov so‘zga chiqib, sananing ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.
Bayram kechasi fakultetning iqtidorli talabalari ijrosidagi konsert dasturi va sahna ko‘rinishlari bilan davom etdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar fakultet dekanati tomonidan rag‘batlantirildi.
