Institutda genderga oid audit doirasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi yig‘ilishining tegishli bayonnomasida genderga oid audit o‘tkazish uslubiyati va genderga oid audit o‘tkazish bo‘yicha uch yillik reja tasdiqlangan edi.

Mazkur reja asosida joriy yilning 25-noyabr – 20-dekabr kunlari vazirlik va tashkilotlar, hududiy boshqarmalar, ta’lim muassasalari genderga oid auditdan o‘tkazilmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Abdurahmonov, shuningdek, Nukus shahar Kengashi bo‘limi boshlig‘i M.Dauilbayev tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari davomida jami 32 banddan iborat so‘rovnoma doirasida institutda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.