Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Gulistan Dalibayeva korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, ta’lim sohasida shaffoflik va adolatni ta’minlashning ahamiyati haqida nutq so‘zladi.

Uchrashuvda institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan reyting nazorati, ichki monitoring tizimlari, komplayens bo‘limining faoliyati va vazifalari haqida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan murojaat kanallari, mas’ullarni xabardor qilish tartiblari tushuntirildi.