O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

1992-yil 10-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan edi.
Qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, unda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga yuksak hurmat bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatan oldidagi burchi sifatida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashayotgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.
Davlat madhiyasi muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq artisti, taniqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi bayram bilan butun xalqimizni institutimiz jamoasi nomidan tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.