Maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarga sovg‘alar topshirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Xo‘jayli tumani 3-sonli alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan sovg‘alarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani Muhabbat Allambergenova va kafedra mudiri Jamila Bekmanova so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan inklyuziv va maxsus ta’limga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bo‘lgan insonlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir doirasida maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.

Fakultet talabalari ijrosidagi badiiy-adabiy qism ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.