Institutda koreys tili bilimlari festivali bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi konsulligi va Qoraqalpog‘iston koreyslar assotsiatsiyasi hamkorligida koreys tili bilimlari 17-festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Bosh konsuli Xyon Mi Ju xonim, konsullik shtabi xodimi Olga Kim, Qoraqalpog‘iston koreyslar assotsiatsiyasi raisi Aleksandr Shin, institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muxtar Ibragimov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi koreys milliy-madaniy markazlari jamoalari, koreys tili va madaniyatini o‘rganayotgan keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Festival do‘stona ruhda o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan jamoalar O‘zbekiston va Koreya xalqlari do‘stligini tarannum etuvchi turli sahna ko‘rinishlari, raqs va qo‘shiqlar ijro etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.