NukusDPI talabasi Aziza Oralbaeva O‘zbekiston kubogi musobaqasida kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi

Toshkent shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha barcha yosh toifalari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kechki ta’lim yo‘nalishi talabasi Aziza Oralbaeva kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Xususan, Aziza Oralbaeva 45 kilogramm vaznda U21 yosh toifasi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, kattalar o‘rtasida 45 kilogramm vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.