Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

1992-yil 14-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XI sessiyasida “Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining suveren davlat ekanligining ramzi hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i havo rang, to‘q sariq va yashil ranglardan iborat bo‘lib, o‘rtasidagi sariq rangli bo‘lak oq va qizil chiziqlar bilan ajralib turadi.

Bayroqning moviy rangi bahor yashilligi va hayot manbai – suvning abadiy timsoli hisoblanadi.

Sariq rang esa Qoraqalpog‘iston hududining katta qismi cho‘ldan iborat ekanligini anglatadi.

Yashil rang esa tabiatning yangilanishi, ma’naviy yasharish, ishonch va shodlik ramzi.

Bayroqdagi yangi tug‘ilgan oy musulmonlarning muqaddas timsoli bo‘lsa, besh yulduz tasviri Qoraqalpog‘istonning qadimiy va navqiron besh shahrining – qoraqalpog‘istonliklarning hayot va e’tiqod qo‘rg‘onlarining timsolidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining rasmiy vakillarining xorijiy safarlarida, xalqaro anjumanlarda, ko‘rgazmalarda va sport o‘yinlari musobaqalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasini dunyoga tanitadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i xalqaro maydonda boshqa davlatlarning bayroqlari bilan teng hilpirab turadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolari va bu yerda yashovchi boshqa shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘ini hurmat qilishi shart.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yillik bayrami bilan butun xalqimizni institutimiz jamoasi nomidan tabriklaymiz. Bayrog‘imiz doimo ko‘klarda hilpirab turaversin!

NukusDPI matbuot xizmati.