NukusDPI talabasi Baxtiyor Madrimov O‘zbekiston kubogi musobaqasida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Toshkent shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha barcha yosh toifalari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Baxtiyor Madrimov oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Institutimiz talabasi Baxtiyor Madrimov U21 yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 18-36 yoshli sportchilar orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
