Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari xalqaro va respublika tanlovlarida yuqori natijalarga erishdi

Toshkent shahrida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Iste’dodlar tanlovi” mavzusida xalqaro tanlov tashkil etildi.
Tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti musiqa ta’limi yo‘nalishining 2-kurs talabasi Gulistan Jumabayeva xalq ijrochiligi nominatsiyasi bo‘yicha gran-pri g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, 1-kurs talabasi Daniyor Xojabayev 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur tanlovda xalq cholg‘ulari nominatsiyasi bo‘yicha 2-kurs talabasi Barshinay Matnazarova 1-o‘rin g‘olibi deb topildi.
Shu bilan birga, musiqa ta’limi yo‘nalishining 2-kurs talabasi Feruza Bekbauliyeva Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Ohanglar jilosi” respublika yosh ijrochilar tanlovida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
