“Munozara” intellektual o‘yini giyohvandlikka qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatori Jasurbek Nurullayev tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida “Munozara” intellektual o‘yini tashkil etildi.

“Giyohvandlikka qarshi kurashda jazoni kuchaytirishdan ko‘ra profilaktik ishlar muhimroq” mavzusida o‘tkazilgan o‘yinda ishtirokchilar giyohvandlik kabi global muammoga qarshi kurashning ikki tomonini “Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida o‘zaro muhokama qildi.

“Munozara” davomida talabalar o‘z fikrlarini asoslab, statistik ma’lumotlar va real voqealarni misol sifatida keltirib, muammoning ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik jihatlarini tahlil qildi.

Bunday tadbirlar giyohvandlikka qarshi kurashda profilaktika, ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini tushuntirishga xizmat qiladi.