NukusDPI professorlari “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” doirasida chop etilgan ensiklopediyadan o‘rin oldi

Toshkent shahridagi Turkiston san’at saroyida O‘zbekistonning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yetakchi olimlarini jamlagan muhim voqea – “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan professor-o‘qituvchilar va taniqli olimlar qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Muhabbat Allambergenova, umumiy pedagogika kafedrasi professori Meruert Pazilova, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri Zamira Qurbaniyazova ishtirok etdi.
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlaridan, shuningdek, ilmiy nashrlar tomonidan 3000 dan ortiq ariza kelib tushgan ushbu nufuzli tadbirda jami 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Muhimi, pedagogika fanlari doktori, dotsent Muhabbat Allambergenova tadbir doirasida nashr etilgan “Mening muvaffaqiyatli yo‘lim” to‘plamidan, pedagogika fanlari doktori, professor Maruert Pazilova va pedagogika fanlari doktori, professor Zamira Qurbaniyazova “O‘zbekistonning taniqli olimlari” ensiklopediyasidan o‘rin oldi.
