Xalq shoiri Tileubergen Jumamuratovning 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi tomonidan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Tileubergen Jumamuratov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov boshqarib bordi.

Adabiy kechada Tileubergen Jumamuratovning qizi, taniqli shoira, Qoraqalpoq davlat universiteti jurnalistika kafedrasi professori Malika Jumamuratova, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Kenesbay Karimov, taniqli shoir Jumaniyaz O‘teniyazov, keng jamoatchilik vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Kechada so‘zga chiqqanlar mashhur so‘z zargari Tileubergen Jumamuratovning g‘oyat boy ijodi, xususan, adabiyotimizni dunyo xalqlariga tanitganligi va kelajak avlodlarga bebaho meros qoldirganligi haqida ma’lumotlar berdi.

Adabiy kechada iqtidorli talabalar shoir asarlaridan badiiy o‘qib berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.