Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan yangi yil kechasi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan yangi yil bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Pozitiv ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bayram tadbirida institutning iqtidorli talaba-yoshlari bilan birgalikda estrada yulduzlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, turli raqslar, sahna ko‘rinishlari, karaoke-taym tashkil etildi.

Shu bilan birga, turli qiziqarli nominatsiyalar va sovrinli o‘yinlar g‘oliblari diplom hamda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayram kechasi yoshlarga katta zavq bag‘ishladi.

NukusDPI matbuot xizmati.