NukusDPI jamoasi Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasini jonli efirda kuzatdi

Xabaringiz bor, bugun, 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.
Yilning eng muhim siyosiy voqeasini Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi jonli efirda kuzatib bordi.
Shu bilan birga, “Qoraqalpog‘iston” telekanali uchun Murojaatnomada ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha munosabatlar tashkil etildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
