NukusDPI talabasi Zebiniso Tairova “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining respublika bosqichida 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Eng faol yil talabasi – 2025” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning barcha nominatsiyalari bo‘yicha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Eng muhimi, tanlovning “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Zebiniso Tairova 2-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, institutimiz talabasi Zebiniso Tairova Xo‘jayli tumanida oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotini ochib, bir necha yildan buyon tadbirkorlik faoliyatini samarali olib bormoqda.
Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari va sovrindorlari vazirlikning tegishli darajadagi diplomlari, maxsus statuetkasi, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 15, 10 va 8 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
NukusDPI matbuot xizmati.