NukusDPI jamoasi “Quvnoq startlar” sport musobaqasida faxrli o‘rinni egalladi

Poytaxtimiz Nukus shahridagi 1-son sport maktabida nogironligi bo‘lgan talabalar o‘rtasida sportning shaxmat, darts, yengil atletika, badminton va stol tennisi turlari bo‘yicha “Quvnoq startlar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan musobaqada respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.