Diqqat, diqqat! NukusDPI talabalari o‘rtasida onlayn tanlovlar tashkil etilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida quyidagi onlayn tanlovlar e’lon qilinadi.

– “Qish ko‘rki” mavzusidagi fotosuratlar tanlovi;

– “Mening mahallam” mavzusidagi videoroliklar tanlovi;

– “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusidagi asarlar tanlovi;

– “Men sevib o‘qigan asar” mavzusidagi videoroliklar tanlovi;

– “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan plakatlar tanlovi.

Tanlovlar ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich fakultet bosqichi bo‘lib, joriy yilning 3-10-yanvar kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Bunda barcha tanlovlar bo‘yicha kelib tushgan materiallar fakultet ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari (birinchi o‘rin egalari) fakultet dekani tomonidan institut bosqichiga tavsiya etiladi.

Ikkinchi institut bosqichida esa fakultet bosqichida g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar institut ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanib, institutning rasmiy Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.