Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy soha mutaxassislari va Afg‘onistondagi jangovar-internatsional harakatlarning ishtirokchilari bo‘lgan faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, serjant Baxit Qannazarov, afg‘on urushi faxriylari Ong‘arbay To‘reniyazov va Muratbay Abdullayev mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ular o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, tinchlik va barqarorlikning qadriga yetish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Faxriylar o‘z hayotiy tajribalari, mardlik va qahramonlik namunalaridan iborat xotiralari bilan bo‘lishib, vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli xizmat haqida tushunchalar berdi.
Uchrashuv davomida talabalarning savollariga javoblar berildi, harbiy sohaning bugungi kundagi rivojlanishi va yoshlar oldida turgan mas’uliyat haqida so‘z yuritildi.
Bunday uchrashuvlar talabalar ongida vatanga muhabbat, mardlik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
