Diqqat, diqqat! Talabalar o‘rtasida “Turon botirlari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 13-yanvar kuni soat 14:00 da Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda sport klubi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Turon botirlari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va Qurolli Kuchlar tarkibida xizmat qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilayotgan musobaqada har bir fakultetdan 5 kishidan iborat jamoa a’zolari:

1) Turnikda tortilish;
2) “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish;
3) Merganlik (kamondan otish);
4) Arqon tortish shartlari asosida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va bayram sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

“Turon botirlari” harbiy-sport musobaqasi
Manzil: NukusDPI sport majmuasi;
Sanasi va vaqti: 2026-yil 13-yanvar soat 14:00.

NukusDPI matbuot xizmati.