Axborot-resurs markazida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Muqaddas burch va g‘urur: armiyaning kelajagi – bizning qo‘limizda” mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechada 50024-sonli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar, institutning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Filologiya, Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetlari talabalari, tyutorlar va axborot-resurs markazi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda axborot-resurs markazi direktori G.Jiyemuratova, harbiy qism leytenanti M.Sayupov, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutori G.Artikova, axborot-resurs markazi bosh kutubxonachisi Z.Auezovalar Vatanimiz mustaqilligi va tinchligini saqlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning jasorati, mas’uliyati, yurtimizda harbiy sohani rivojlantirish, yoshlarni vatanga sodiq farzandlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.
Bayram kechasi ishtirokchi fakultetlarning iqtidorli talabalari ijrosidagi konsert dasturi, turli qiziqarli viktorinalar va savol-javoblar bilan davom etdi.
Tadbir yakunida harbiy qism leytenanti M.Sayupovga institut rektori nomidan tashakkurnoma, shuningdek, faol ishtirok etgan talabalarga axborot-resurs markazi nomidan faxriy yorliqlar topshirildi.
