Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi 21131-harbiy qism leytenantlari B.Ibrohimov va R.Omonov, shuningdek, bir qator harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi, so‘nggi yillarda milliy armiyamizni yanada rivojlantirish, uning jangovar tayyorgarligini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqaro nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi islohotlarning natijalari haqida ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, shu mazmundagi uchrashuv Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlarida ham o‘tkazildi.

Uchrashuvda 50024-harbiy qism leytenantlari M.Samboyev hamda D.Reymov, kichik serjant M.Olimov yoshlarni bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetib, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga va mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chaqirdi.