“Yangi O‘zbekistonning vatanparvar ayollari” mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar ayollari” mavzusida uchrashuv kechasi hamda bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Gulbahar Habibullayeva, uchinchi darajali serjant Gulxan Maulenova, kichik serjant Nargiza To‘rayeva, fakultet dekanlarining xotin-qizlar maslahatchilari va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova va mehmonlar so‘zga chiqib, jamiyat hayotining turli sohalarida, jumladan, harbiy sohada yurtimizning taraqqiyoti va tinchligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xotin-qizlarning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat, oilada va jamiyatda ayollarning mas’uliyati hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi faol ishtiroki haqida fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining harbiy orkestri va institutning iqtidorli talabalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
