Kechki ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi talabalari bitiruv-malakaviy ishlarini himoya qilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida biologiya kechki ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv-malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.
– Fakultetimizda joriy yilda bakalavriatning kimyo va biologiya kechki ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ta’lim dasturlarini to‘liq tamomlagan va o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan jami 56 nafar talaba bitirmoqda. Shundan 48 nafar talaba mutaxassislik fanlaridan yozma shaklda davlat attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Bugun biologiya ta’lim yo‘nalishining 8 nafar talabasi bitiruv-malakaviy ishlarini himoya qilmoqda, – deydi fakultet dekani Qarjaubay Reymov.
Mazkur jarayonda talabalar o‘qish davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini ilmiy izlanishlar orqali namoyon etishga harakat qilmoqda.
Himoya jarayoni belgilangan jadval asosida, tajribali professor-o‘qituvchilardan iborat davlat attestatsiya komissiyasi ishtirokida tashkil etilmoqda. Talabalar o‘z bitiruv ishlarida tanlagan mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini asoslab bermoqda, shuningdek, komissiya a’zolarining savollariga to‘liq javob bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, joriy yilda institutda bakalavriatning matematika va informatika, fizika, kimyo, shuningdek, biologiya kechki ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 111 talaba bitirib chiqishi kutilmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
