NukusDPI talabasi Mashhura Jumanazarova Jo‘qorg‘i Kengesining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining faol talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator yoshlar Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining qarori asosida rag‘batlantirildi.
Ahamiyatlisi, ular qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetining 4-kurs talabasi, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatori Mashhura Jumanazarova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.