Prezident Murojaatnomasi – barqaror taraqqiyotning konseptual asosi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi: Davlat taraqqiyotining ilmiy va amaliy asoslarining yaratilishi va yo‘nalishlari” mavzusida seminar hamda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminarni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Quvondiq Qodirov olib bordi.

U o‘z nutqida Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish, ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot, ijtimoiy soha va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, shu bilan birga, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va muammolarning tizimli hal etilishi kabi masalalar yuzasidan muhim takliflarini bildirdi.

Seminar davomida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari doktori, professor Yaxshibeka Abdullayeva, hududiy bo‘lim bosh mutaxassisi Jasur Urazimbetov Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning ilmiy-amaliy ahamiyati, ularni hududlar va sohalar kesimida amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Davra suhbati shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Begdulla Sultanov, Nukus shahar hokimligi “Poytaxt” gazetasi bosh muharriri G‘ayratdin Berdibayev, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi raisi Quatbay Karimxojayevlar so‘zga chiqib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni ilmiy asosda o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etishda oliy ta’lim muassasalari hamda tahliliy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishning ahamiyatini ta’kidladi.

Seminar o‘zaro fikr almashish va savol-javoblar bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.