Diqqat, diqqat! NukusDPIda fakultetlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi bo‘lib o‘tadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli, zukko yoshlarni aniqlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning 10-fevral kuni fakultetlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkaziladi.
“Yakkama-yakka” formatida bo‘lib o‘tadigan tanlovda fakultetlar ikki jamoadan guruhlarga bo‘lingan holda o‘zlarining sahna mahoratlarini namoyish etadi.
Har bir guruhda g‘olib bo‘lgan jamoalar final bosqichiga yo‘llanma oladi.
Bo‘sh vaqtini ko‘tarinki kayfiyatda, mazmunli o‘tkazishni istagan yoshlarni tanlovning birinchi bosqichini tomosha qilishga taklif etamiz!
Manzil: NukusDPI 4-sonli o‘quv binosi.
Vaqti: 2026-yil 10-fevral soat 14:00.
NukusDPI matbuot xizmati.