Fidoyi ustoz Shing‘is Saparovning 60 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan 35 yillik samarali ish tajribasiga ega, fidoyi pedagog va yetuk mutaxassis, psixologiya fanlari nomzodi, professor Shing‘is Saparovning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Oltmish yil – donolik yo‘li” mavzusida uchrashuv kechasi tashkil etildi.
Kechani kafedra mudiri Elmira Nurimbetova boshqarib bordi.
Uchrashuv kechasida fakultet dekani Ulbosin Seytjanova, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va faol talaba-yoshlar ishtirok etib, yubiley yoshini nishonlayotgan ustozni tabrikladi. Uning ilmiy-pedagogik va boy hayotiy tajribasi, ilm-fan va ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir doirasida qiziqarli psixologik treninglar va interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Uchrashuv kechasi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga, kasbiy va hayotiy maktab vazifasini ham bajarishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
