NukusDPI Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov O‘zbekistondagi eng kuchli yoshlar yetakchilari reytingidan o‘rin oldi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2025-2026-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha “ENG KUCHLI 20 NAFAR OLIY TA’LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI” reytingi e’lon qilindi.
Ahamiyatlisi, ushbu reytingdan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Qasimov Yerniyaz Ajiniyaz o‘g‘li ham o‘rin oldi.
“Mazkur reytingdan o‘rin olgan yoshlar yetakchilari o‘zlarining kreativ yondashuvi, tashabbuskorligi va fidokorona mehnati bilan nafaqat jamoalarida, balki tengdoshlari orasida ham haqiqiy yetakchi ekanini namoyon etdilar.
Ular mas’uliyatni his qiladigan, yangilikka intiladigan va natija uchun ishlaydigan yoshlar. Eng kuchlilar safida bo‘lish yo‘lida barcha yoshlar yetakchilarimizga ulkan omad, mustahkam iroda va yangi zafarlar tilaymiz!” – deb yozilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xabarida.
Biz ham o‘z navbatida, institutimiz rektorati, mehnat jamoasi va talaba-yoshlari nomidan Yerniyaz Qasimovni chin yurakdan tabriklaymiz. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
