Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida buyuk sarkarda, davlat arbobi va mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining tyutorlari va talabalari ishtirok etdi.
Adabiy kechada axborot-resurs markazining xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zuxra Azilova, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutori Guljahan Artikova Boburning ko‘p qirrali ijodi, uning “Boburnoma” asari, g‘azal va ruboiylaridagi chuqur falsafiy mazmun, vatanga muhabbat va insoniylik g‘oyalari haqida ma’lumotlar berdi.
Kecha davomida talabalar tomonidan Boburning g‘azal va ruboiylari ifodali o‘qilib, sahna ko‘rinishlari tashkil etildi. Shuningdek, Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimotlar, ma’ruzalar tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
