Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar vazirligining tegishli mutaxassislari, fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov olib bordi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti jinoyat-qidiruv boshqarmasining katta tezkor vakili, podpolkovnik R.Jumatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv xizmati jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik M.Yarlakabov, mazkur boshqarmaning katta tezkor vakili A.Aljanov, Respublika narkologiya dispanserining narkolog shifokori R.Atanazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi xodimi A.Berdibekov so‘zga chiqdi.
Tadbirda soha mutaxassislari yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, psixotrop moddalarni iste’mol qilishning inson salomatligi va jamoat xavfsizligiga keltiradigan zararli oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Uchrashuv savol-javoblar bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
