Amaliyotchilar Nukus shahridagi 38-maktabda «Taqlid so‘zlar» mazvusida ochiq dars tashkil etdi

Aprel oyining o‘n birinchi sanasida Nukus shahridagi 38-maktabda filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishidagi amaliyotchi talaba Raximboyeva Shodiyaning 7-D sinfda «Taqlid so‘zlar» mazvusida ochiq dars tashkil etildi.
Darsda Raximboyeva Shodiya o‘zining pedogogik mahorati bilan birga ijodkorligini ham ko‘rsata oldi. Darsga tayorlagan ko‘rgazmali qurollar, videolar, slaydlar darsning yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minladi.
Darsni kuzatish uchun metodist Xudayarova Muhabbat, Bekchanova Sayyora, fan o‘qituvchisi Abdiqodirova Oydin hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi.
Dars tugagach ochiq dars tahlil qilindi. O‘qituvchilar va talabalar ochiq dars haqida o‘z fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirib, darsni a’lo darajada baholadilar.