Axborot xizmati rahbarlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Poytaxtimiz Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va UNESCO bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha shahar va tuman hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.
Ikki kun davom etgan o‘quv seminarida xalqaro darajadagi media ekspertlar – Joan Barata va Serhiy Shturxetskiy, shuningdek, media yurist Madina Tursunova tomonidan davlat boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan ishlash tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
O‘quv seminarida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti matbuot kotibi Islam Matekov ham ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar axborot xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularning faoliyatiga yangicha yondashuvni joriy etish hamda davlat organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
