“Talabalar ligasi”: Talabalar “aql gimnastikasi” bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy va strategik fikrlash darajasini oshirish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida shaxmat bo‘yicha institut birinchiligi tashkil etildi.

Musobaqada barcha fakultetlardan kelgan talabalar bilim va sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Har bir o‘yin qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tib, ishtirokchilar shaxmatning nozik strategiyalarini namoyish etishga harakat qildi.

Musobaqa yakunida eng kuchli ishtirokchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Mazkur sport musobaqasi talabalar o‘rtasida intellektual sportni keng ommalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.