Professor Gulnara Jumasheva Konimex tumanidagi qoraqalpoq maktabiga kitoblar sovg‘a qildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori, “Alifbe” darsligi muallifi Gulnara Jumasheva Navoiy viloyati Konimex tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabi jamoasi va o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Usmanova, metodist M.Xalilova, Navoiy davlat universitetining katta o‘qituvchisi S.Mingliyeva va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlari, nuroniy ustozlardan shu maktabda 30 yil direktor bo‘lib ishlagan nukuslik G.Aliyeva va F.Rayevalar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi T.Jalolova boshchiligida maktab o‘quvchilari ishtirokida badiiy-adabiy kecha tashkil etildi.
Uchrashuvda institutning 2-bosqich tayanch doktoranti D.Utegenova so‘zga chiqib, ilmiy-pedagogik yo‘nalishdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Maktab direktori A.Sabinova Qoraqalpog‘iston Respublikasidan mehmon bo‘lib kelganlarga alohida minnatdorlik bildirib, bunday uchrashuvlar o‘quvchilarni bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va kitobxonlikka yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida professor Gulnara Jumasheva maktab jamoasi uchun olib kelgan kitoblarini sovg‘a qildi. Shuningdek, tayanch doktorant D.Utegenova ham esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Albatta, bunday uchrashuvlar o‘zaro adabiy, madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x70755b56

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x9ab6fa63


Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x1d6d8e5e

??????????????????????????????????????????????????????????

??????????????????????????????????????????????????????????

??????????????????????????????????????????????????????????

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x905c306b
