NukusDPI jamoasi “Talabalar teatr studiyasi” tanlovida 2-o‘rinni egalladi

Bugun, 23-fevral kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Giyohvandlik – umr zavoli” shiori ostida “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda jamoalar o‘zlari tayyorlab kelgan sahna ko‘rinishlarini hakamlar hay’ati a’zolari va tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Hayot ovozi” jamoasi 2-o‘rinni egalladi.