Suvni tejash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida “Suvni birga asraymiz” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida suv resurslaridan unumli foydalanish, uni tejash va isrof qilmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasi ekani haqida ma’lumot berildi.

Talabalarga suvni asrash – bu nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va ijtimoiy mas’uliyat ekanligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim boshlig‘i A.Perdebayev ham ishtirok etib, yoshlar ittifoqi faoliyati haqida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumot berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.