Umumta’lim maktabida sport musobaqalari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi jamoasi tomonidan poytaxtimizdagi 21-sonli umumta’lim maktabida “Maktabda bir kun” tadbiri doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘tkazilgan mazkur tadbir institut va maktab jamoasi hamkorligining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tadbir doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol, mini futbol va milliy o‘yin turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

G‘olib va sovrindorlar kafedra jamoasi tomonidan taqdirlandi.