Diqqat, diqqat! NukusDPIda “Ilmiy maqola yozish qoidalari va jurnallarda chop etish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan talaba-yoshlar, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun ilmiy maqola yozish hamda nufuzli jurnallarda nashr etish tartibi bo‘yicha seminar-trening o‘tkaziladi.
Seminar davomida ishtirokchilar:
– Ilmiy maqolaning tuzilishi va rasmiylashtirish talablari;
– Dolzarblik va metodologiyani asoslash;
– Jurnal tanlash va maqolani topshirish jarayoni bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ma’ruzachilar: NukusDPI iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Q.Tashanov, bo‘lim xodimlari Z.Jaqsibekova va A.Orazbaev, shuningdek, institutning 1-kurs magistranti, To‘lepbergen Qayipbergenov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi Ulzada Umirbayeva.
Maqsad – talaba-yoshlarning ilmiy maqola yozish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish.
Barcha qiziquvchilarni seminar-treningda kutib qolamiz!
Manzil: NukusDPI bosh binosi IT-inkubatsiya markazi;
Sana: 2026-yil 26-fevral;
Vaqti: Soat 16:30.
Ma’lumot uchun telefon: +998913861402