Korrupsiyaga qarshi kurash – halollik va adolat mezoni

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurash, jamiyatda halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Batir Matmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Azamat Qidirniyazov, institutning korrupsiyaga qarshi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shavkat Shamuratov, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga mas’ul xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Talaba-yoshlarga o‘z huquq va majburiyatlarini bilish, qonunga zid takliflarga yo‘l qo‘ymaslik, halollik va vijdon tamoyillariga sodiq qolish muhimligi tushuntirildi.

Uchrashuv savol-javoblar bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.