Talaba-qizlar ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida talaba-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning xotin-qizlar profilaktika inspektori Miyrigul Narimbetova, fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulnaz Atajanova tomonidan xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, erta turmush, oilaviy zo‘ravonlik, kiberjinoyatlar va turli noqonuniy harakatlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.